Tashqi razvedka xizmati: G‘arb Ukrainadagi nizoni “muzlatish” va tinchlikparvar kuchlarni kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Rossiya tashqi razvedka xizmatining ma’lum qilishicha, NATO Ukraina qurolli kuchlarining jangovar qobiliyatini tiklash va Kiуevni ehtimoliy revanshga tayyorlash uchun Ukrainadagi harbiy mojaroni to‘xtatishni rejalashtirmoqda.
Ushbu idora ma’lumotlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari tartibni saqlash niqobi ostida Ukrainaga 100 ming nafar tinchlikparvar kuchlarni yuborishni tashkil qilishi mumkin.
Tashqi razvedka xizmatining bayonotlariga ko‘ra, reja NATO davlatlari o‘rtasida nazorat qilinadigan hududlarni taqsimlashni ko‘zda tutadi: Qora dengiz sohillari – Ruminiya, g‘arbiy hududlar – Polsha, markaz va sharq – Germaniya va shimolda – Buyuk Britaniya.
Shuningdek G‘arb kompaniyalari yordamida Ukraina sanoatini tiklash ham muhokama qilinmoqda.
Sharhlar