TASS: Wildberries ofisi yonida sodir bo‘lgan otishmada bir kishi halok bo‘ldi
“Romanov Dvor” biznes markazidagi Wildberries ofisi yonida sodir bo‘lgan otishma natijasida bir kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi yaralandi. Bu haqda operativ xizmatlarga tayanib TASS xabar beradi.
Aniqlik kiritilishicha, jabrlanganlar orasida politsiya xodimlari ham bor. Shuningdek, bir necha kishi hibsga olingan. Voqea sabablarini aniqlashga Tergov qo‘mitasi jalb qilingan. Tergovchilar voqea joyini tekshirmoqda.
Mash ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlar soni besh kishiga yetgan. 28 kishi politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Telegram kanali uch modda: qotillik, huquq-tartibot organi xodimining hayotiga tahdid qilish va noqonuniy qurol-yarog‘ savdosi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar beradi.
Sharhlar