Tatariston Oliy sudi sudyasining farzandlari AQSh fuqaroligiga ega ekani ma’lum bo‘ldi

Фото: рейтинг

Tatariston Oliy sudi sudyasi Razvan Yusupovning yaqinlariga nisbatan AQSh fuqaroligini olish haqida ma’lumot bermaganlikda gumon qilinib, jinoiy ish ochildi. Bu haqda telegram kanallarida paydo bo‘lgan ma’lumotni sudyaning o‘zi ham Regnum nashriga tasdiqladi.

Kremlparast Mash kanali dastlab Yusupov farzandlarining Amerika fuqaroligi haqida yozgan edi. Shu bilan birga, Mash sudyaning oilasi “ehtiyotkorlik bilan yashirgan” va Qozonda tug‘ilganlik haqida gapirganini aytadi.

Keyinroq Yusupovning o‘zi Regnum nashriga uning farzandlari Nailya va Gayaz haqiqatdan ham AQSh fuqarolari ekanini aytgan. Shu bilan birga, u bu haqda konsullikni xabardor qilganini da’vo qilmoqda.

“Ular Nyu-Yorkda tug‘ilgan, rus tiliga tarjima qilingan tegishli tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari bor, ularga apostil qo‘yilgan va konsullik idorasiga taqdim etilgan. Bu bilan xotinim shug‘ullangan”, – deydi Yusupov.

Sudya uning qarindoshlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini tasdiqladi, biroq uning harakatlarida jinoyat tarkibi yo‘q, deb hisoblaydi.

Yusupov qiz nomiga Rossiya konsulligi tomonidan berilgan guvohnomaning suratini ham ko‘rsatdi. Regnum materialida o‘g‘il bolaning fuqaroligini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma yo‘q. Mash  kanalining ta’kidlashicha, bu ishda sudyaning o‘g‘li, shuningdek, bolaning onasi ishtirok etgan.

Sudya Razvan Yusupov avvalroq Amerika fuqaroligiga ega bo‘lgan “Ozodlik radiosi” jurnalisti Alsu Kurmashevani hibsga olish muddatini uzaytirgan edi, deb yozadi The Insider nashri.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.