Tataristonda to‘rt o‘rindiqli samolyot qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
“Cessna 172 samolyoti Kamskoye Ustye qishlog‘idagi chodirlar lageri yonida zavqli parvozni amalga oshirayotgan edi. Juda past balandlikda manevr qilish chog‘ida halokat yuz berdi”, — dedi “Interfaks”ning favqulodda xizmatlardagi suhbatdoshi.
Uch kishi, jumladan, uchuvchi halok bo‘ldi, yana bir yo‘lovchi halokatdan oldin samolyotdan sakrashga muvaffaq bo‘ldi va suyaklari singan holda kasalxonaga yotqizildi, deb yozadi agentlik.
Prokuratura yengil motorli samolyot halokatga uchraganini, politsiya esa uch kishi halok bo‘lganini va bir kishi jarohatlanganini tasdiqladi. Jabrlanuvchining ahvoli juda og‘ir, deb yozadi “TASS”.
Ulashish:
Sharhlar