Qozog‘iston prezidenti tug‘ilgan kunini nishonlashdan bosh tortdi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 17-may — tug‘ilgan kunini oddiy ish kuni sifatida o‘tkazadi. Bu haqda prezidentning matbuot kotibi Berik Uali ma’lum qildi, deb yozadi Tengrinews.
U ushbu kunni o‘z ish joyida o‘tkazadi. Bu sana munosabati bilan hech qanaqa tadbirlar rejalashtirilmagan. Administratsiya xodimlaridan prezidentni tabriklamaslik so‘ralgan.
Nashr eslatishicha, To‘qayev o‘tgan yili ham shunday pozitsiyada bo‘lgan.
“Bu prezidentning prinsipial pozitsiyasi. Uning oilasida bolalarning ham, ota-onalarning ham tug‘ilgan kunlarini nishonlamaslikka o‘rganishgan”, — deya izoh berdi Berik Uali.
Bugun, 17-may kuni Qosim-Jo‘mart To‘qayev 71 yoshga to‘ldi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z hamkasbi bilan qo‘ng‘iroqlashib, uni tavallud ayyomi bilan tabrikladi.
Sharhlar