Tayvan o‘z havo hududida Xitoyning rekord darajada qiruvchi samolyotlari qayd etilgani haqida ma’lum qildi

Фото: Feature China/Barcroft Media via Getty Images

Tayvan Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Xitoy orol atrofidagi yirik harbiy mashg‘ulotlar davomida rekord miqdorda samolyotlarni uchirgan. Bu haqda CNN xabar beradi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 25 soatlik mashg‘ulotlar davomida Tayvan atrofida Xitoyning 153 ta samolyoti aniqlangan. Bundan tashqari, orol atrofidagi suvlarda Xitoyning 14 ta harbiy kemasi bo‘lgan va yana 12 tasi Xitoy qirg‘oq qo‘riqlash xizmatiga tegishli kemalar ekani aniqlangan.

Xitoy Tayvan prezidenti Lay Sindening Tayvan suvereniteti daxlsizligi haqida aytgan nutqiga javoban bu mashg‘ulotlarni “jiddiy ogohlantirish” deb atadi. Pekin Tayvanni o‘z hududining bir qismi deb hisoblaydi va 23 milliondan ortiq aholisi bo‘lgan orolni materik Xitoy bilan birlashtirish, kerak bo‘lsa, harbiy kuch ishlatish bilan tahdid qilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.