Tayvan Xitoyning 19 ta uchish apparati va 9 ta kemasi yaqinlashganini qayd qildi
Tayvan qurolli kuchlari bir sutka ichida Xitoy xalq ozodlik armiyasining 19 ta uchish apparati va 7 ta kemasi orolga yaqinlashganini qayd etdi. Bu haqda orol mudofaa departamenti xabar beradi.
Bundan tashqari, bir sutka davomida Tayvan yaqinida Xitoy davlat idoralarining ikkita kemasi aniqlangan.
Hujjatda qayd etilishicha, 15 ta “NOAK” uchish apparati Tayvan bo‘g‘ozining o‘rta chizig‘ini kesib o‘tib, orolning sharqiy qismidagi havo hujumidan mudofaa identifikatsiya zonasiga kirgan.
Tayvan armiyasi bunga javoban nishonlarni kuzatish uchun samolyotlar, kemalar va yerdagi zenit-raketa tizimlarini ishga solgan.
Tayvan 1949-yildan beri o‘z ma’muriyati tomonidan boshqariladi. O‘shanda Chan Kayshi (1887-1975) boshchiligidagi Gomindan kuchlarining qoldiqlari Xitoy fuqarolar urushida mag‘lubiyatga uchraganidan keyin Tayvanga qochib ketgan. Pekin Tayvanni Xitoy Xalq Respublikasi provintsiyalaridan biri deb biladi.
Sharhlar