AQSH Tayvanga raketalar sotishni ma’qulladi
AQSH Tayvanga 300 million dollarlik ALTIUS 600M-V uchuvchisiz uchar qurilmalarini sotishni ma’qulladi, deb yozadi “Kommersant”. Shuningdek, 60,2 million dollarlik Switchblade piyoda qo‘shinlariga qarshi, zirhteshar raketa tizimi va uning uskunalari sotilishi ham ma’qullandi.
AQSH Mudofaa vazirligi Xavfsizlik sohasidagi hamkorlik agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu qurilmalarni sotish “qabul qilib oluvchining xavfsizligini oshirishda, mintaqada siyosiy barqarorlik, harbiy muvozanat va iqtisodiy progressni saqlab turishda yordam beradi”. Ta’kidlanishicha, ma’qullangan oldi-sotdi bitimlari “AQSH qonunchiligi va siyosatiga muvofiq keladi”, shuningdek, AQSH “milliy manfaatlari, iqtisodiyoti va xavfsizligi” yo‘lida xizmat qiladi. Endi bitimlar Kongress tomonidan ma’qullanishi kerak, buning uchun 30 kun ajratiladi.
Xitoy Tayvanni o‘z hududi deb hisoblaydi. Xitoy raisi Si Szinpin AQSH prezidenti Jo Baydenni Tayvan masalasi Pekin uchun qizil chiziq bo‘lib hisoblanishi haqida ogohlantirgan edi.
Sharhlar