Tbilisi aeroportida deputatni tanqid qilgan qiz ushlandi
Tbilisi aeroportida politsiya deputat Viktor Japaridzega yaqinlashib, “Rossiya qonuni”, ya’ni “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonunga ovoz bergani uchun uyalishi kerakligini aytgan qizni ushladi.
Mariam Sitsikashvili uni qo‘llab-quvvatlagan ayol bilan birga ushlangan. Oxir-oqibat ikkalasi ham parvozga qo‘yilmagan. Qizning aytishicha, politsiya ayniqsa ularning ish joylariga qiziqqan.
Mariam ustidan sud jarayoni 19 iyunga belgilangan. U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning mayda bezorilik moddasi bo‘yicha ayblanmoqda.
Ulashish:
Sharhlar