Tbilisida namoyishchilar va politsiya o‘rtasidagi qarama-qarshilik davom etmoqda
Chorshanbaga o‘tar kechasi Tbilisida namoyishchilar va maxsus politsiya kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davom etdi. Maxsus kuchlar Rustaveli shoh ko‘chasi bo‘ylab suv to‘plaridan foydalangan holda oldinga siljishdi, deb xabar beradi BBC.
Namoyishchilar xiyobonni tark etishdi, lekin yurishda davom etishdi. Avvalroq maxsus kuchlar maxsus vositalar yordamida namoyishchilarni parlament maydonidan chiqarib yuborishgan, biroq parlament maydonidan ikki yuz metrcha uzoqlikda to‘xtagan.
Xavfsizlik kuchlariga yaqinroq, oldingi qatorlarda himoya vositalaridagi namoyishchilar politsiyaning gaz gakapsulalari bilan otishmalariga javob berishdi. Namoyishchilarning ba’zilari gaz kapsulalarini zararsizlantirishga va o’chirishga harakat qilishdi. Ular yana xiyobonda axlat qutilaridan barrikadalar o’rnatib, olov yoqishdi.
Avvalroq Gruziya Ombudsmanı politsiyani namoyishchilarni qiynoqqa solishda ayblagani xabar qilingandi. Besh kunlik norozilik namoyishlari davomida Ombudsman instituti xodimlari tergov izolyatorlari va shifoxonalarda bo‘lib, 201 nafar jabrlanuvchi bilan uchrashdi. Ularning aksariyati boshi, yuzi va ko‘zlaridan jiddiy jarohat olgan.
Sharhlar