Tehron hokimi Eron poytaxtini ko‘chirish bo‘yicha rejani taqdim etdi
Tehron hokimi Alirizo Zakaniy Eron hukumatiga poytaxtni ko‘chirish rejasini taqdim etdi.
“Agar poytaxt ko‘chirilsa, Tehron nafaqat transport markaziga aylanadi, balki shahar ichidagi keraksiz tirbandlik ham yo‘qoladi. Barcha xizmat ko‘rsatish markazlari tashqarida bir joyda to‘planadi”, deydi u IRNA agentligiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u avvalgi hukumatga poytaxtni ko‘chirish uchun ikkita ehtimoliy joyni taklif qilgan: biri Tehron shimoli-g‘arbida, ikkinchisi Imom Xomayniy maqbarasi yaqinida joylashgan. Bu joylar barcha davlat idoralari va vazirliklarini jamlash uchun tanlangan.
Hozir, hokimning tushuntirishicha, uning taklifi Eronning yangi hukumati tomonidan ko‘rib chiqilgan, ammo asosiy tavsiyalar o‘zgarishsiz qolmoqda.
Sharhlar