Tekshiruv: Rossiyaga sanksiya ostidagi tovarlar Germaniyadan kelmoqda
Rossiya armiyasi bilan hamkorlik qiluvchi “Promtex”kompaniyalar guruhi sanksiyalarga qaramasdan, 2023-yilda AQSh, Germaniya va Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlaridan qariyb 8 million dollarlik ikki tomonlama maqsadli mahsulotlarni import qilgan. Bu haqda Germaniyaning Süddeutsche Zeitung, NDR, WDR nashrlari, Fransiyaning Le Monde gazetasi va Ukrainaning Trap Aggressor loyihasining qo‘shma tekshiruvida aytiladi.
Jurnalistlar “Promtex” boshqa mahsulotlar qatorida X-101 qanotli raketalariga o‘rnatilgan Amerikaning Molex kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan mikrosxemalarni import qilganini aniqlashdi. Ushbu raketalardan biri iyul oyi boshida Kiуevdagi “Oxmatdet” bolalar shifoxonasiga tushgan.
Eksport “Promtex” sho‘ba korxonalari orqali avval Fransiyada, keyin esa Turkiyada amalga oshirilgan. Tergov mualliflarining qayd etishicha, ushbu sxema ishtirokchilariga qarshi G‘arb sanksiyalari hali joriy etilmagan.
Sharhlar