Tel-Aviv markazida portlash yuz berdi
Isroilning Tel-Aviv shahrida portlash yuz berdi, oqibatda bir kishi halok bo‘lib, kamida 8 kishi jabrlandi, deb yozadi “Kommersant”.
Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) aniqlik kiritishicha, shahar markazidagi portlashga “havodagi nishon qulashi” sabab bo‘lgan, ammo uning urib tushirilgan-tushirilmagani noma’lum. Xabarga ko‘ra, shaharda sirenalar ishga tushmagan.
Isroil OAVlari ma’lumotlariga ko‘ra, portlash AQSH elchixonasi yaqinida sodir bo‘lgan. Portlashdan keyin ko‘p o‘tmay, yaman xusiylari vakili Yahyo Sari “Tel-Avivga qaratilgan harbiy operatsiya” tafsilotlarini keyinroq ochiqlashini bildirdi.
SAXAL xabariga ko‘ra, ayni paytda shaharga qilingan hujum yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar