Tel-Avivdagi sinagoga yonida portlash sodir bo‘ldi
18-avgust kuni kechqurun Tel-Avivdagi sinagoga yaqinidagi Lexi ko‘chasida portlash sodir bo‘ldi. Isroil politsiyasi va “Shin Bet” xavfsizlik agentligi bu “yuqori kuchli portlovchi” yordamida teraktga urinish degan xulosaga keldi.
Portlash natijasida bir kishi, 50 yoshli erkak halok bo‘lgan. U kuzatuv kameralariga tushib qolgan. Yozuvlarda uning orqasida ryukzak va uning o‘limiga sabab bo‘lgan portlovchi moddalar bo‘lganini ko‘rsatadi. “Kan” armiyasi radiosiga ko‘ra, qurbon falastinlik bo‘lib, u G’arbiy Sohilda joylashgan Nablus shahri hududidan kelgan.
Portlash oqibatida yana bir kishi jabrlangan — skuterda o‘tib ketayotgan 33 yoshli erkak o‘rtacha darajada tan jarohati olgan.
Ynet portalining qayd etishicha, portlash shom namozi vaqtida, sinagogada o‘nlab odamlar bo‘lgan paytda sodir bo‘lgan. Portlash qasddan qilinganmi yoki negadir terrorchi nishonga yetib ulgurmasdan sodir bo‘lganmi, hozircha noma’lum.
Xamasning harbiy qanoti portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Terrorchi guruh bayonotida hujum Falastin Islomiy Jihodi bilan birgalikda rejalashtirilgani va bu xudkushlik hujumi ekanini ta’kidladi.
Tel-Avivning Ayalon tumani politsiyasi rahbari Xaim Bobalilning so‘zlariga ko‘ra, terrorchi yaqin atrofdagi sinagoga yoki savdo markazini portlatmagani mo‘‘jiza bo‘lgan. “Bu o‘nlab odamlarning o‘limiga olib kelishi mumkin edi”, deya qo‘shimcha qiladi u.
Sharhlar