Teleboshlovchi Irada Zeynalova Rossiyaning Mavrikiydagi elchisi etib tayinlandi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin NTV telekanalidagi “Hafta natijalari” ko‘rsatuvi boshlovchisi Irada Zeynalovani Rossiyaning Mavrikiy Respublikasidagi elchisi etib tayinladi. Bu haqdagi farmon huquqiy axborot rasmiy portalida eʼlon qilindi.
Zeynalova 2016-yildan buyon NTV telekanalida “Hafta natijalari” dasturini olib boradi. Bungacha u Birinchi kanalda “Vremya” ko’rsatuvining yakshanba kungi soniga boshchilik qilgan, shuningdek, London va Tel-Avivdagi Birinchi kanal byurolarini boshqargan.
Yakshanba kuni “Vremya” ning boshlovchisi sifatida Zeynalova 2014 yil iyul oyida o’z dasturida o’zini Slavyansklik qochqin deb atagan ayol ukrainalik harbiylar uning ko’z o’ngida bolani xochga mixlagani haqida hikoya qilgani bilan mashhur bo’ldi.
Keyinchalik bu ma’lumotlar hech qanday tasdiqni olmadi.
Ukrainada Zeynalova sanktsiyalar ro’yxatiga kiritilgan.
Sharhlar