Tramp va Zelenskiy 19-iyul kuni telefon orqali muloqot qiladi — CNN

Foto: Reuters

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp 19-iyul kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qiladi. Bu haqda CNN o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. Ushbu suhbat Tramp 2021-yilda prezident lavozimini tark etganidan buyon birinchisi bo‘ladi.

Manbalardan biri aytishicha, siyosatchilarning muloqoti “Yevropadagi xavotir fonida” Donald Tramp prezident saylovida g‘olib chiqsa, uning Ukrainadagi nizo bo‘yicha siyosati qanday bo‘lishi mavzusida kechadi. Yana bir manbaga ko‘ra, tomonlar Tramp va Zelenskiyning grafiklari tez-tez o‘zgarib turgani tufayli, telefon suhbati o‘tkazish borasida uzoq vaqt kelisha olmagan.

Tramp prezident lavozimiga kirishganidan keyin 24 soat ichida Rossiya-Ukraina nizosini tugata olishi haqida ko‘p marta gapirgan. Kreml esa nizo o‘ta murakkab bo‘lgani tufayli uni bir kunda yakunlash imkoni yo‘qligini aytmoqda. Zelenskiy Tramp qayta saylangan taqdirda, AQSH bilan hamkorlik qiyin bo‘lishini ta’kidlagan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.