Turkiyada Telegram messenjeri bloklanishi mumkin
Turkiya hukumati Telegram kompaniyasini messenjer mamlakat hududida bloklanishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, deb yozadi “Kommersant”. Bu haqda bir qator turk OAVlari o‘z manbalariga tayanib xabar bergan. Bunga noqonuniy axborotdan iborat kanallarni yopish talabiga javob berilmagani sabab bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, Anqara Telegram’ga mingdan ortiq ogohlantirish yuborgan, ammo javob olmagan. Hukumat messenjerda narkotiklar sotadigan, fohishalikni qimor o‘yinlarini targ‘ib qiladigan va bolalar pornografiyasini tarqatadigan kanallarni aniqlagan.
Telegram Turkiyada 8 millionga yaqin foydalanuvchiga ega bo‘lib, mamlakat ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 10-o‘rinda joylashgan.
Avgust boshida Turkiyada Instagram qonunlarni buzgani uchun bloklab qo‘yildi. 10-avgust kuni tomonlar talablarni bajarish borasida kelishuvga erishgach, undan foydalanish imkoniyati yana ochildi.
Sharhlar