Pavel Durov Telegram messenjeri 30 mlrd dollarga baholanganini ma’lum qildi
Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov ma’lum qilishicha, investorlar platformani 30 milliarddan ziyodga baholamoqda. Ammo u messenjerni sotishga tayyor emas hamda mustaqil bo‘lib qolishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Durov Financial Times nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Telegram yaratuvchisining so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda uning faol foydalanuvchilari soni oyiga 900 milliontani tashkil qiladi, bu 2021-yildagidan ikki marta ko‘p demakdir, o‘sha paytda ko‘rsatkich 500 millionga teng bo‘lgan. Shuningdek, Durov kompaniya kelasi yilda, ehtimol shu yiliyoq foyda keltira boshlashiga umid qildi.
Shu bilan birga, Durov qayd etishicha, u Telegram aksiyalarini ommaviy sotuvga qo‘yish (IPO) imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini qayd etdi. Biroq aksiyalar qaysi birjaga va qachon joylashtirilishiga aniqlik kiritishdan bosh tortdi.
Ta’kidlanishicha, Pavel Durov 2017-yildan buyon birinchi marta OAV uchun ochiq intervyu bermoqda.
Sharhlar