Telegram Fransiyada eng ko‘p yuklab olingan ilovaga aylandi
Telegram ijtimoiy tarmoqlar turkumidagi Fransiyada eng ko‘p yuklab olingan ilovaga aylandi, deb yozadi Techcrunch bu haqda Appfigures xizmati ma’lumotlariga tayanib. Pavel Durov hibsga olinganidan so‘ng, dastur “Ijtimoiy tarmoqlar” turkumidagi fransuz App Store’dan eng ko‘p yuklab olinganlar orasida birinchi o‘rinni egalladi. Fransiyadagi eng ommabop ilovalar umumiy reytingida Telegram uchinchi bo‘ldi.
Amerika App Store do‘konida Telegram o‘zining eng yuqori cho‘qqisida Ijtimoiy tarmoqlar kategoriyasida ikkinchi o‘rinni egallagan, biroq vaqt o‘tishi bilan uchinchi o‘ringa tushib ketgan.
Shu bilan birga, AQShning eng yaxshi ilovalari (bu o‘yinlarni o‘z ichiga olmaydi) jadvalida Telegram 18-o‘rindan sakkizinchi o‘ringa ko‘tarildi. Appfigures maʼlumotlariga koʻra, bu ilovaning kamida 2023-yil 1-yanvaridan beri eng yuqori reytingidir.
Dunyoda iOS’da Telegram’ni yuklab olishlarning umumiy soni 4 foizga oshdi.
Sharhlar