Telegram messenjer qoidalarini buzganlarning IP manzillari va telefon raqamlarini oshkor qilishni boshlaydi
Telegram yaratuvchisi Pavel Durov messenjer davlat idoralarining asosli qonuniy so‘rovlariga javoban platforma qoidalarini buzgan foydalanuvchilarning IP manzillari va telefon raqamlarini taqdim etishini aytdi.
Durovning so‘zlariga ko‘ra, messenjer tobora ko‘proq taqiqlangan va noqonuniy tovarlarni sotish platformasiga aylanib bormoqda. Shu munosabat bilan Telegram jamoasi platformadagi qidiruvlarni xavfsizroq qiladigan va muammoli kontentga kirishni blokirovka qilishga yordam beruvchi sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qildi.
Suiiste’mollikning oldini olish va jinoyatchilarning Telegram’dan foydalanishiga yo’l qo’ymaslik uchun Xizmat shartlari va Maxfiylik siyosati yangilandi.
“Biz tajovuzkorlarga deyarli milliard foydalanuvchiga ega platformamizning yaxlitligini buzishiga yo’l qo’ymaymiz”, – dedi Durov.
Sharhlar