Telegram postlarga shikoyat qilish uchun yangi asoslarni qo‘shdi — “yoqmaydi” va “qonunni buzmaydi, lekin o‘chirilishi kerak”
Telegram messenjeri telegram-kanallar va guruh chatlaridagi postlarga shikoyat qilish asoslarini kengaytirdi.
Ilgari postga yetti sabab bo‘yicha shikoyat qilish mumkin edi: spam, zo‘ravonlik, pornografiya va bolalar pornografiyasi, mualliflik huquqi, shaxsiy ma’lumotlar, shuningdek “boshqa” bandi mavjud edi.
Endi asoslar soni 11 tagacha ko‘paydi: “yoqmaydi”, “qonunni buzmaydi, lekin o‘chirilishi kerak”, terrorizm, noqonuniy tovarlar, bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabat qo‘shildi, pornografiya va bolalar pornografiyasi esa “pornografik materiallar” degan bitta bandga birlashtirildi.
Ulashish:
Sharhlar