Telegram messenjerida ichki valyuta — Telegram Stars ishga tushirildi

Foto: “Kommersant”

Telegram asoschisi Pavel Durov messenjerda ichki valyuta ishga tushirilganini e’lon qildi, deb yozadi Meduza. U Telegram Stars (“Yulduzlar”) deb nomlanib, botlar va mini-ilovalarda raqamli xizmatlarga haq to‘lashda ishlatilishi mumkin.

Kompaniya blogida xabar berilishicha, “yulduzlar”ni Apple va Google do‘konlarida integratsiya qilingan xaridlar tizimi orqali yoki PremiumBot boti yordamida sotib olib, so‘ng Telegram platformasida elektron kitoblar va onlayn-kurslardan tortib o‘yinlardagi buyumlargacha bo‘lgan istalgan raqamli mahsulotlarga sarflash mumkin.

Mini-ilovalar ishlab chiquvchilari keyinchalik ishlab topilgan “yulduzlar”ni Fragment platformasi orqali Toncoin kriptovalyutasiga aylantirishi mumkin. Shuningdek, ichki valyutani o‘z ilovalarini Telegram’da reklama qilish uchun ham ishlatish mumkin.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.