Telegram ukrainaliklar uchun asosiy yangiliklar manbaiga aylandi – tadqiqot
InMind kompaniyasi tomonidan Internews Network buyurtmasi bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, Ukraina aholisining 84 foizi yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlar orqali oladi va ularning orasida yetakchi platforma Telegram hisoblanadi. So‘ralganlarning 81 foizi muloqot uchun, 73 foizi esa yangiliklar manbai sifatida ushbu platformadan foydalanadi.
Urushlar xududi va qo‘shni hududlarda yashovchilar orasida Telegram-kanallar asosiy axborot manbai hisoblanadi, chunki ular frontdagi vaziyat va ehtimoliy tahlikalar haqida ma’lumot beradi.
Qiziq tomoni, ukrainaliklarning 11 foizi Rossiya ommaviy axborot vositalarini kuzatadi, 15 foizi esa bu yaqinlari tomonidan amalga oshirilishini qayd etgan. Buni asosiy sabablari – Ukrainadagi vaziyatni Rossiya OAVlari qanday yoritayotganini tushunish (41%) va mutlaqo farqli nuqtai nazarni olish istagi (22%). Shunga qaramay, Rossiya axborot manbalariga ishonch past darajada qolmoqda.
Ukrainaliklarning an’anaviy OAVlarga ishonchi birinchi marta bosqin boshlanganidan buyon 50 foizdan pastga tushdi va 47 foizni tashkil etdi. So‘ralganlar uchun eng ishonchli manbalar oila a’zolari (85%), do‘stlar (76%) va hamkasblar (60%) hisoblanadi.
Sharhlar