AQSHda prezident saylovi kuni terakt uyushtirishni rejalashtirgan shaxs qo‘lga olindi
AQSH Adliya vazirligi Oklaxomada istiqomat qiluvchi 27 yoshli Afg‘oniston fuqarosi Nosir Tavhidiy AQSH prezidenti saylovi kuni ISHID nomidan terakt uyushtirish maqsadida til biriktirishda gumonlanib hibsga olinganini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Tavhidiy AQSHda terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida o‘z oilasi aktivlarini likvidatsiya qilgan, oila a’zolarini chet elga ko‘chirgan, AK-47 avtomatlarini va ularga o‘q-dorilar sotib olgan.
Unga tegishli elektron qurilmalar tekshirilganida, u terrorchilik tashkiloti mafkurasiga sodiqligi aniqlangan.
So‘roq chog‘ida gumonlanuvchi prezident saylovi kuni terakt uyushtirishni rejalashtirganini tan olgan. Unga ISHID bilan til biriktirish va ularga moddiy ko‘mak berishga urinish, og‘ir jinoyat yoki terrorizmni sodir etish uchun o‘qotar qurolni qo‘lga kiritish ayblovlari ilgari surildi.
Sharhlar