Tesla zavodi tufayli Berlin yaqinida taxminan 500 000 tup daraxt kesib tashlandi
Bu ko‘rsatkich The Guardian gazetasi tomonidan «gigafabrika» deb nomlangan qurilish uchun kesilgan 329 gektar o‘rmon maydoni bo‘yicha olingan.
2024-yil iyul oyida Brandenburg federal yeri Tesla kompaniyasining Yevropadagi yagona elektromobil ishlab chiqarish zavodini ko‘paytirish uchun kengaytirish rejalarini tasdiqladi. Atrof-muhit faollari bunga bir necha bor qarshi chiqishgan.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, Tesla ishlab chiqarishi nafaqat atrof-muhitga mahalliy zarar yetkazadi, balki elektromobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan noyob tuproq metallarini qazib olish natijasida global oqibatlarga ham olib keladi.
Ulashish:
Sharhlar