The Economist: AQSh Zelenskiyning “g‘alaba rejasi”ni “muvaffaqiyatsiz” deb hisobladi
The Economist nashriga yuqori martabali ukrainalik amaldor aytishicha, AQSh Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning “g‘alaba rejasi”ni u mojaroni kuchaytirishni nazarda tutgani uchun “muvaffaqiyatsiz” deb hisobladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rejani Rossiyani Ukraina bilan Kiev uchun qulayroq shartlarda muzokaralarga majbur qilish usuli sifatida talqin qilish kerak. Biroq aynan shu narsa Vashingtondagi amaldorlarga yoqmadi. “Ular buni muvaffaqiyatsizlikka mahkum deyishmoqda, garchi muammoning bir qismi shundaki, ular bu haqda [ukrainalik] prezidentga yuzma-yuz aytishmayapti”, – deya izohladi nashr suhbatdoshi.
Bundan oldin amerikalik amaldorlar The Wall Street Journal nashriga, Zelenskiy rejasida Rossiya ustidan g‘alabaga erishish imkonini beradigan to‘laqonli strategiya yo‘qligini aytishgandi. Mohiyatan u ko‘proq qurol-yarog‘ va uzoq masofali raketalarni qo‘llash bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish to‘g‘risidagi qayta ishlangan iltimosdan boshqa narsa emas, deya tushuntirishgandi WSJ suhbatdoshlari.
Sharhlar