The Economist: Rossiya generallari Putin yangi safarbarlik e’lon qilishini ta’kidlamoqda
Rossiya Bosh shtabi va Mudofaa vazirligi Ukrainadagi qo’shinlarni kuchaytirish maqsadida yangi safarbarlik e’lon qilish uchun Kremlga “qattiq bosim o’tkazmoqda”, dedi razvedka ma’lumotlaridan xabardor Yevropa rasmiylari The Economist nashriga.
“Rossiyada hozir yetarli kuchlar yoʻq. Agar ular muvaffaqiyatga erishadigan bo‘lsa, undan foydalana olmas edilar”, deb tushuntirdi NATOning yuqori martabali amaldori.
Manbalarga ko‘ra, Rossiya armiyasi jang maydonida katta talofatlarga olib keladigan ibtidoiy taktikaga tayanishda davom etmoqda. Kursk frontiga ketayotgani taxmin qilinayotgan shimoliy koreyalik askarlarni olib kelish qarori Rossiya bo‘linmalarida ham ishchi kuchi yetishmasligidan dalolat beradi, deb yozadi The Economist.
Sharhlar