Rossiya IIV Ukraina sobiq bosh vaziri Yuliya Timoshenkoni qidiruvga berdi

Foto: “RIA Novosti”

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Ukraina Oliy radasi deputati va sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenkoga nisbatan qidiruv e’lon qildi, deb yozadi “RIA Novosti” idora qidiruv bazasiga tayanib.

Timoshenko qanaqa jinoyat ishi bo‘yicha qidirilayotgani noma’lum.

Yuliya Timoshenko 2005-yil fevralidan sentabrigacha va 2007-yildan 2010-yilgacha Ukraina bosh vaziri lavozimini egallagan. Ayni paytda u “Batkivshchina” partiyasiga rahbarlik qiladi.

May boshida OAVlar Rossiya IIV Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va sobiq davlat rahbari Pyotr Poroshenkoni qidiruvga berganiga e’tibor qaratgan edi. Ammo tez orada ularning ismlari qidiruv bazasidan g‘oyib bo‘ldi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.