Rossiya Ukrainaga qarshi urushga Tinch okeani floti qo‘shinlarini yuborayotgani xabar berildi

Фото: РБК

Moskva Ukrainadagi urushga Rossiya Tinch okeani flotining shaxsiy tarkibini, shuningdek, Harbiy-havo kuchlari va Havo hujumiga qarshi mudofaaning 11-armiyasini yuboradi, deb yozadi “RBK-Ukraina” Ukraina razvedka bosh boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib.

Ushbu xatti-harakatlar talafotlardan keyin shaxsiy tarkibni butlash maqsadlari bilan bog‘liq.

Razvedka bosh boshqarmasi xabarida aytilishicha, Rossiyaning ushbu harbiy birikmalari shu paytga qadar Ukrainaga qarshi jangovar harakatalr olib borishga jalb etilmagan.

Gap Rossiyaning Primorye va Kamchatka o‘lkalaridan 2000 nafar harbiy xizmatchialr haqida bormoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.