Tinchlik sammiti chogʻida AQSH Ukrainaning energetika sektori uchun 1,5 milliard dollardan ortiq mablagʻ ajratilishini eʼlon qildi
Kamala Xarris AQSh Ukraina uchun 1,5 milliard dollar ajratishini ma’lum qildi. AQSh vitse-prezidenti Shveytsariyada bo’lib o’tayotgan Ukraina bo’yicha anjumanning birinchi kunida tegishli bayonot bilan chiqdi. Uning so’zlariga ko’ra, mablag’lar energiya yordami, buzilgan infratuzilmani ta’mirlash, qochqinlarga yordam berish va fuqarolik xavfsizligi xizmatlarini qo’llab-quvvatlashga yo’naltiriladi.
Shveysariyaning Byurgenstok shahrida boʻlib oʻtadigan tinchlik sammitida jami 92 davlat va 8 xalqaro tashkilot ishtirok etadi. Ikki kun davomida yadroviy va oziq-ovqat xavfsizligi, shuningdek, mahbuslar va deportatsiya qilinganlarni qaytarish masalalari muhokama qilinadi.
Shveytsariya hukumati veb-saytida e’lon qilingan press-relizda, shuningdek, sammit Rossiyani muzokaralar jarayoniga kelajakda qo’shilishi mumkinligini muhokama qilish imkoniyatini beradi. Biroq, uni Burgenstokdagi konferentsiyaga taklif qilishmadi.
Sharhlar