Tinchlik uchun Nobel mukofoti laureati Bangladesh muvaqqat hukumatiga rahbarlik qiladi
84 yoshli iqtisodchi Muhammad Yunusni tayinlash qarori mamlakat prezidenti va Yunus nomzodini ilgari surgan “Talabalar diskriminatsiyaga qarshi” norozilik harakati yetakchilari bilan uchrashuvda qabul qilingan. Bangladesh muvaqqat hukumatining yakuniy tarkibi mamlakat siyosiy partiyalari bilan maslahatlashuvlardan so‘ng aniqlanadi, deya qo‘shimcha qildi prezident matbuot xizmati.
6-avgust kuni Bangladesh prezidenti muvaqqat hukumat tuzish uchun parlamentni tarqatib yuborishni e’lon qildi. Bir kun avval Bangladesh bosh vaziri lavozimida 2009-yildan beri ishlab kelgan 76 yoshli Shayx Hasina mamlakatni tark etdi. Hasinaning iste’fosi oldidan bir necha hafta davom etgan norozilik namoyishlari davomida 300 ga yaqin odam halok bo’lgan. Ulardan kamida 109 nafari 5-avgust kungi tartibsizliklar qurboni bo‘lgan.
7-avgust, chorshanba kuni norozilik namoyishlari fonida Bangladesh markaziy bankining to‘rt nafar o‘rinbosari korruptsiyada ayblanib, iste’foga chiqishga majbur bo‘lgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters.
Sharhlar