Netanyaxuning tashrifidan keyin Boris Jonsonning hojatxonasidan yashirincha tinglovchi uskuna topilgan
2017-yilda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi binosida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Boris Jonsonning shaxsiy hojatxonasiga tashrif buyurganidan keyin, u yerda yashirincha tinglaydigan qurilma topilgan. Bu haqda Jonson o‘zining Extracts xotiralar kitobida ma’lum qildi.
Hodisa 2017-yilda sodir bo‘lgan, o‘sha vaqtda Jonson Britaniya tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan. Uchrashuv chog‘ida Netanyaxu uzr so‘rab, hojatxonaga chiqib ketgan.
“U yerda Bibi (Netanyaxuning laqabi) bir qancha vaqt qolib ketdi va balki bu tasodifdir, balki yo‘q, ammo menga ma’lum qilishdiki, keyinroq odatiy tekshiruv chog‘ida yashinqaytargichdan maxfiy tinglovchi qurilma topilgan”, — deb yozdi Jonson.
Ushbu hodisadan keyin Isroil tomoniga qandaydir savollar yoki noroziliklar yo‘llangani hozircha noma’lum.
Sharhlar