Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi xavfi tufayli favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi xavfi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lganidan keyin kuch tuzilmalari rahbarlari bilan shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Türkiye gazetasi.
Avvalroq Anqara xavfsizlik boshqarmasidan bir qator xodimlar ishdan bo‘shatilgan edi. Ular “Ayxan Bora Kaplan” jinoiy tashkiloti bilan aloqalarda ayblangan. Ishdan haydalgan politsiyachilarning uylarida raqamli materiallarni musodara qilish maqsadida tintuvlar o‘tkazilgan.
Prezidentning safdoshi, Milliy harakat partiyasi raisi Davlat Baxcheli parlamentdagi fraksiya majlisida ma’lum qilishicha, hodisa Erdo‘g‘onni hokimiyatdan ag‘darish maqsadidagi fitnadan guvohlik berishi mumkin. Shu munosabat bilan Baxcheli hukumatni bir nechta politsiyachini chetlatish bilan cheklanib qolmaslikka chaqirdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Baxchelining bayonotidan keyin Erdo‘g‘on prezident qarorgohida mamlakat adliya vaziri Yilmaz Tunj va Milliy razvedka tashkiloti rahbari Ibrohim Kalin bilan shoshilinch tungi uchrashuvni o‘tkazgan.
Sharhlar