Tojikiston fuqarolari ishlash uchun mamlakatdan xorijga kamroq chiqa boshladi

Фото: Коммерсант

Birinchi yarim yil yakuniga ko‘ra, Tojikistondan xorijga ishlash uchun ketgan fuqarolar soni 392,8 ming kishini tashkil qilgan.

Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 16 foizga kam, deya xabar qiladi mamlakat Mehnat, migratsiya va bandlik vazirligi. Shu bilan birga, tojikistonliklar Rossiyadan ko‘proq chiqarib yuborilayotgani ham ma’lum bo‘ldi.

Mahalliy agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, mehnat muhojirlarining asosiy qismi (386 987 kishi yoki ularning umumiy sonining 98,52 foizi) Rossiyaga yo‘l olgan.

Shu bilan birga, 2024-yilning birinchi olti oyida 17 134 kishi Rossiya Federatsiyasidan chiqarib yuborilgan. Bu butun 2023-yil davomidagidan sezilarli darajada ko‘p. O‘shanda 11 ming kishi chiqarib yuborilgandi, – deydi Tojikiston mehnat, migratsiya va bandlik vaziri Gulnora Xasanzoda “TASS” agentligiga.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.