Tojikiston muftiysiga hujum qilindi
Tojikiston Ulamolar kengashi raisi Saidmukarram Abduqodirzodaga hujum uyushtirildi, deya xabar beradi Tojikiston Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati.
“Bugun soat 17:20 da bir kishi bezorilik niyatida namozdan so‘ng Dushanbe shahridagi markaziy masjid yaqinida ulamolar raisiga kesuvchi-sanchuvchi qurol bilan zarba berib, jamoat tartibini buzgan”, – deyiladi bayonotda.
Jinoyatchi ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tezda hibsga olingan. Abduqodirzoda yengil tan jarohati olgan va shifokorlar ko‘rigidan so‘ng uyiga jo‘natilgan.
Ushbu hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar