Tojikistonda kompyuter klublarida GTA va Counter Strike o‘yinlari taqiqlandi

фото: vgtimes.ru

Tojikiston huquq-tartibot idoralari kompyuter klublarida Grand Theft Auto (GTA) va Counter Strike o‘yinlarini tarqatishni taqiqladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi o‘zining Telegram-kanalida xabar bermoqda.

“Jumladan, Tojikiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasiga koʻra, COUNTER STRIKE va GTA oʻyinlarida zoʻravonlik, qotillik va talonchilik unsurlari mavjud. Shu munosabat bilan, Ichki ishlar vazirligining Dushanbe shahri boʻyicha boshqarmasi bunday markazlarning barcha egalaridan kelgusida ushbu oʻyinlarning tarqalishiga yoʻl qoʻymasliklarini talab qiladi”, — deyiladi xabarda.

Huquq-tartibot idoralari fuqarolarga “farzandlarini nazorat qilib, qotillik va zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi o‘yinlarni o‘ynashlariga yo‘l qo‘ymaslikni” tavsiya qildi. Mamlakatda ushbu o‘yinlarga oid videolarni tarqatish va namoyish etish ham cheklandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.