Tojikistonda milliy madaniyatga yot liboslarni kiyish va sotish taqiqlandi

Foto : Nissor Abdurazakov

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 35 ta qonun, jumladan “Tojikiston Respublikasida bayram va marosimlarni tartibga solish to‘g‘risida”, “Bolaning ta’lim va tarbiyasi uchun mas’uliyat to‘g‘risida”, “Tojikiston Milliy universiteti to‘g‘risida”, “Hisoblash ko‘rsatkichlari to‘g‘risida” va boshqa qonunlarni imzoladi.

“Tojikiston Respublikasida bayram va marosimlarni tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunda, jumladan, “milliy madaniyatga yot” liboslarni kiyish va sotishni taqiqlash ham nazarda tutilgan. Qonunga rioya qilmaslik uchun jarima mavjud. Lekin Qonunda qaysi kiyim turlari “milliy madaniyatga yot” deb hisoblanishi aniq ko‘rsatilmagan.

“Yangi tahrirdagi qonunlar milliy madaniyatning asl qadriyatlarini himoya qilish, bayram va marosimlarda xurofot va ortiqcha isrofgarchilikning oldini olishga, Tojikiston xalqining ma’naviyati va ijtimoiy-iqtisodiy darajasini yuksaltirishga, shuningdek, bolaning huquq va erkinliklarini himoya qilish, bolani insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan”, – deyiladi xabarda.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.