Tokayev “BRIKS”ga qo‘shilishni rad etganidan so‘ng Rossiya Qozog‘istondan sabzavot olib kirishni taqiqladi
Rosselxoznadzor Qozog‘istondan pomidor, qalampir, qovun, bug‘doy, zig‘ir urug‘i va yasmiq importiga cheklovlar kiritdi.
Qaror “fitosanitariya xavfsizligi”ni ta’minlash maqsadida qabul qilindi”, — deyilgan idora xabarida.
Taqiq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayevning BRIKSga qo‘shilishdan bosh tortgani haqidagi ma’lumot fonida joriy qilindi.
Tokayevning maslahatchisi va matbuot kotibi Berik Uali hozircha Tokayev “barcha dolzarb xalqaro muammolar muhokama qilinishi mumkin bo‘lgan va muhokama qilinishi kerak bo‘lgan universal va muqobili bo‘lmagan tashkilot sifatida” BMTga ustuvor ahamiyat berayotganini bildirgan.
2-oktabr kuni Rossiya fitosanitariya bilan bog‘liq muammolarni keltirib, Qozog‘istondan g‘alla tranziti va importini amalda yopgan edi.
Sharhlar