Tolibon Afg‘onistonning xorijdagi 39 ta elchixonasi va konsulligini nazorat qilmoqda
Afg‘onistondagi “Tolibon” harakati hozirda mamlakatning yangi rahbariyatiga bo‘ysunuvchi 39 ta elchixona va konsulliklar ustidan nazorat o‘rnatgan. Bu haqda Tolibon tomonidan tuzilgan muvaqqat hukumat tashqi ishlar vaziri Amir Xon Mo‘ttaki ma’lum qildi.
O’tgan yil davomida:
▪️ Tolibon diplomatlari Malayziya, Turkiya, Pokiston, Eron, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy, Qatar va BAAda qabul qilindi;
▪️ Afgʻonistonga Xitoy, Rossiya, Turkiya, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Pokiston, BAA, Qatar, Misr, Indoneziya, Malayziya va Yevropa Ittifoqi delegatsiyalari tashrif buyurdi;
▪️ Tolibon 46 ta xorijiy tashrifni amalga oshirdi;
▪️ Kobul, Toshkent va Ashxobodda 6 ta Afgʻoniston mahsulotlari koʻrgazmasi tashkil etildi;
▪️ 1681 nafar xodim Xitoy, BAA, Pokiston va O‘zbekistonga malaka oshirishga yuborildi;
▪️ Rossiya, Xitoy, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Malayziya va Qatar tomonidan taqdim etilgan 1174 ta akademik stipendiyalar;
▪️ Respublika elchilari davlat mulkini sotgan;
▪️ 41 959 nafar xorijlik Afg‘oniston vizasini oldi.
Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.
Sharhlar