Telegram’da tanishuv servisi paydo bo‘ldi
Telegram messenjerida TON blokcheynida ishlab chiqilgan TON Dating tanishuv xizmati paydo bo‘ldi, deb yozadi Meduza “Durov kodi” profil nashriga tayanib.
Ilova ishlab chiquvchilari ta’kidlashicha, uning har bir potensial ishtirokchisi ko‘p bosqichli shaxs verifikatsiyasidan o‘tadi, uning algoritmi onlayn-bankingda qo‘llaniladigan xavfsizlik tizimlariga o‘xshatib ishlab chiqilgan. Bu botlar va soxta akkauntlardan himoyalanish imkonini beradi.
Servisda ro‘yxatdan o‘tish ayollar uchun bepul bo‘ladi, erkaklar uchun esa 2500 Telegram Stars virtual valyutasi birligida bo‘ladi (taxminan 66 dollar).
Servis yaratuvchilari 2027-yilga kelib, servisning faol foydalanuvchilari soni bir million kishidan oshishini kutmoqda. Uning auditoriyasini asosan MDH davlatlari, Yaqin Sharq, Yevropa va Osiyo aholisi tashkil etishi taxmin qilinmoqda.
“RBK” yozishicha, servis “VK Tanishuvlar” sobiq rahbari Vladimir Maxov tomonidan asos solingan. “Servis Telegram jamoasi tomonidan ishga tushirilgan deb aytolmaymiz. Men TON’da bir nechta loyihalarga asos solganman, bu markazlashmagan blokcheyn bo‘lib, u yerda istalgan odam, shu jumladan, bizning jamoamiz ham loyiha ishkab chiqishi mumkin”, — dedi Maxov.
Sharhlar