Toshkentda Taras Shevchenkodagi “gastronomik ko‘cha”ning birinchi qismi ochildi
Toshkent shahrida Taras Shevchenko ko‘chasidagi “gastronomik ko‘cha” qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi, deb xabar bermoqda Mirobod tumani hokimligi matbuot xizmati. Loyiha to’rtinchi urinishda amalga oshirilgan va hozircha faqat birinchi bosqich yakunlandi, ikkinchi bosqichning tugash sanasi noma’lumligicha qolmoqda.
Birinchi bosqichda ko‘cha bo‘ylab yashil maydonlar va foto zonalar yaratish, 39 ta kichik va 17 ta katta ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish, avtobus bekatini qurish ishlari amalga oshirilgan. Ko‘cha 39 ta kamerali videokuzatuv tizimi, jumladan, yuzni tanish tizimi bilan jihozlangan. Mehmonlarga qulaylik yaratish maqsadida 20 ta o‘rindiq va axlat qutilari, bepul Wi-Fi tarqatish tizimlari o‘rnatilgan.
Piyodalarning qulay harakatlanishi uchun qariyb 3000 kvadrat metr maydonga ega yo‘lak qurilib, yo‘lning asosiy qismi tabiiy granit bilan qoplangan.
Loyihaning ikkinchi bosqichi yanada yaxshilanishlarni va’da qilinmoqda: yashil maydonlarni kengaytirish, landshaft dizayni yaratish, teraslar qurish va zamonaviy o’rindiqlar o’rnatish rejalashtirilgan. Biroq, bu ishlarning yakunlanishining aniq muddati hali e’lon qilinmagan.
Sharhlar