Tramp 270 dan ortiq saylovchilar ovozini qo‘lga kiritdi

фото: ria.ru

Amerika matbuoti hisob-kitoblariga ko‘ra, Donald Tramp 277 dan 279 gacha ovoz olgan, uning raqibi Kamala Harris esa 219 dan 224 gacha ovozga ega chiqqan.

Saylov natijalariga ko‘ra, saylov byulletenlarining 87 foizi qayta ishlanib bo‘lingandan so‘ng Tramp 70,7 million, Harris esa 65,7 million ovoz olgan.

Tramp 120 yil ichida birinchi muddatdan so‘ng saylovlarda mag‘lub bo‘lgach, Oq uyga qaytgan ikkinchi AQSh prezidentiga aylanadi. G‘olib nomi keyinroq barcha ovozlar sanab bo‘lingandan keyin rasman e’lon qilinadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.