Tramp AQSh qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqqan harbiylarni jazolashni rejalashtirmoqda
AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning jamoasi Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqishda ishtirok etgan harbiy xizmatchilar ro‘yxatini tuzmoqda va ularni javobgarlikka tortish imkoniyatlarini o‘rganmoqda, deb xabar bermoqda NBC News manbalarga tayanib.
Manbalardan biri AQSh qo‘shinlarining 2021-yilda Afg‘onistondan olib chiqilishini tekshirish, xususan, ushbu qarorga aloqador shaxslar haqida ma’lumot to‘plash bo‘yicha komissiya tuzish rejalari haqida gapirgan.
Shuningdek, Tramp jamoasi ushbu harbiy xizmatchilarga, jumladan, davlatga xiyonat bo‘yicha ayblovlar qo‘yish va ularni harbiy tribunalga topshirish mumkin yoki yo‘qligini aniqlash niyatida ekani qayd etilgan. “Ular buni juda jiddiy qabul qilishadi”, deb ta’kidladi kanal suhbatdoshlaridan biri.
Sharhlar