Tramp Meksika, Kanada va Xitoydan keladigan tovarlarga bojlar joriy etishga va’da berdi
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp mamlakatga Meksika, Kanada va Xitoydan yetkazib beriladigan tovarlarga bojlar joriy etish niyatini tasdiqladi, deb xabar bermoqda ABC News.
“20-yanvardan boshlab men Meksika va Kanadadan kelgan barcha tovarlarga 25 foizlik bojlar joriy etish to‘g‘risidagi buyruqni imzolayman. Giyohvand moddalar, xususan, fentanil va noqonuniy muhojirlar mamlakatimizga bostirib kirishni to‘xtatmaguncha, bu tarif o‘z kuchida qoladi”, — deb yozdi Tramp “Truth Social”da.
Uning so’zlariga ko’ra, giyohvand moddalar endi mamlakatga ilgari hech qachon ko’rilmagan darajada kirib kelmoqda, Meksika ham, Kanada ham “uzoq vaqtdan beri mavjud bo’lgan muammoni osongina hal qilish” uchun kuch va vakolatga ega.
Tramp, shuningdek, Xitoydan tovarlarga 10 foizlik soliq joriy etishni rejalashtirayotganini qo‘shimcha qildi, u erda fentanil AQShga, birinchi navbatda, Meksika orqali olib kelinayotganini aytdi.
Sharhlar