Tramp Putin bilan Ukraina masalasini muhokama qildi

Фото: МК

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp payshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatlashdi, bu Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan buyon ikki kishi o‘rtasidagi birinchi telefon suhbati bo’ldi. Bu haqida “The Washington Post” xabar bermoqda.

Ushbu qoʻngʻiroqdan xabardor shaxsning aytishicha,Tramp qoʻngʻiroq davomida Rossiya prezidentiga Ukrainadagi urushni kuchaytirmaslikni maslahat bergan va unga Vashingtonning Yevropadagi katta harbiy ishtirokini eslatgan.

Ikki kishi Yevropa qit’asida tinchlik o’rnatish maqsadini muhokama qilishgan va Tramp “Ukraina urushini tez orada hal etish” uchun yana suhbatlar bo’lishini aytgan.

Prezidentlik kampaniyasida Tramp Ukrainadagi urushga zudlik bilan barham berishini aytgan edi, ammo, buni qanday hal qilmoqchiligi haqida batafsil ma’lumot bermagan. U Rossiya tomonidan qoʻlga olingan hududlarning bir qismini saqlab qolish boʻyicha kelishuvni qoʻllab-quvvatlashiga alohida ishora qilgan va suhbat chogʻida u yer masalasini qisqacha koʻtargan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: