Tramp Putinni mahbuslar almashinuvi bo‘yicha “katta kelishuv” bilan tabrikladi
Qo’shma Shtatlarning 45-prezidenti Donald Trampning fikricha, mahbuslar almashinuvi bo’yicha kelishuv Rossiya uchun “ajoyib”, ammo Qo’shma Shtatlar uchun “dahshatli” bo’lgan. Shu munosabat bilan u Rossiya prezidenti Vladimir Putinni tabrikladi.
“Men Vladimir Putinni yana bir ajoyib muvaffaqiyatga erishgani bilan tabriklayman. <…> Biz o‘z xalqimizni qaytarib oldik, lekin biz dahshatli bitimlar tuzdik”, – dedi Tramp Atlantadagi mitingda (Gruziya; TASS dan iqtibos).
Sovuq urush davridan beri yetti mamlakatdan eng yirik mahbus almashinuvi 1-avgust kuni bo‘lib o‘tdi. AQSh, Germaniya, Norvegiya, Polsha va Sloveniyadan 10 kishi Rossiyaga qaytarildi. Buning evaziga Rossiya Federatsiyasi va Belarus 16 mahbusni topshirdi.
Sharhlar