Tramp prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishga rasman rozilik bildirdi
AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Respublikachilar partiyasining Miluokidagi milliy qurultoyida nutq so‘zladi, deb yozadi “Kommersant”. U respublikachilardan davlat rahbari lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yishga roziligini bildirdi.
“Bugun men Qo‘shma Shtatlar prezidenti lavozimiga nomzod bo‘lish haqidagi taklifingizni ishonch va sadoqat bilan qabul qilaman”, — dedi siyosatchi.
U o‘zini “misli ko‘rilmagan g‘alaba kutayotganiga, undan keyin esa AQSHni “mamlakat tarixidagi eng buyuk to‘rt yil kutishi”ga ishonch bildirdi. Donald Tramp butun AQSH aholisini birlashishga chaqirdi.
“Jamiyatimizdagi ziddiyat va ixtiloflarga chek qo‘yilishi kerak. Biz buni tezkorlik bilan tuzatishimiz kerak. Biz, amerikaliklar, yagona taqdir bilan bog‘langanmiz. Biz birgalikda ko‘tarilamiz yoki parchalanib ketamiz. Men Amerikaning yarmiga emas, butun Amerikaga prezident bo‘lmoqchiman”, — dedi u.
Sharhlar