Trampning shtabi ayblov hukmidan keyin bir kunda 53 mln dollar to‘pladi

Фото: EPA

AQSH prezidentligiga da’vogar Donald Trampga nisbatan ayblov hukmi e’lon qilinganidan keyin unga 53 million dollar ko‘chirib berishgan. Bu haqda uning shtabi ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”. 2023-yilning so‘nggi olti oyi mobaynida uning jamoasi qariyb shuncha mablag‘ni — 58 million dollarni yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Hukm chiqarilganidan keyingi bir necha soatlar ichida Tramp 35 million dollar yig‘gan, keyinroq esa summa 52,8 million dollargacha ko‘paygan.

Bundan tashqari, ta’kidlanishicha, so‘nggi bir kecha-kunduzdagi donorlarning qariyb 30 foizi yangi manbalar bo‘lib, ular shu paytgacha kampaniyani qo‘llab-quvvatlamagan. Biroq mabalg‘ to‘planishi bo‘yicha axborotni hozircha tekshirish imkoni yo‘q. May oyida Jo Baydenning shtabi qo‘li ostida 84 million dollar, Donald Trampnikida esa 49 million dollar bor edi. Bayden uning kampaniyasida Demokratik partiya hisoblarida yana 100 million dollar dorligini da’vo qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Nyu-York sudi maslahatchilari AQSH sobiq prezidenti Donald Trampni hujjatlarni soxtalashtirishda bir ovozdan aybdor deb topdi. U shu tariqa pornoaktrisa Stormi Deniyelsga to‘langan mablag‘larni bekitishga uringan. Hukm 11-iyul kuni sudya tomonidan o‘qib eshittiriladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.