Tramp Ukrainadagi front chizig‘ini muzlatish va mamlakatning NATOga kirishini 20 yilga kechiktirishni taklif qilishi mumkin – WSJ
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning maslahatchilari Ukrainadagi mojaroga barham berishning turli variantlarini ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi The Wall Street Journal. Taklif etilayotgan rejalardan biri front chizig‘ini muzlatish va taxminan 1300 km uzunlikdagi demilitarizatsiya zonasini yaratish, shuningdek, Ukrainaning 20 yil davomida NATOga kirishdan bosh tortishini o‘z ichiga oladi.
Rejada AQSh kuchlari tinchlikparvarlik missiyasida ishtirok etmasligi va uni moliyalashtirmasligi ko‘zda tutilgan – Yevropa davlatlari demilitarizatsiya qilingan hudud xavfsizligi uchun javobgar bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, Rossiya Ukraina hududining qariyb 20 foizi ustidan nazoratni saqlab qolishi taxmin qilinmoqda.
Trampning sobiq maslahatchilari taklif qilgan muqobil reja Rossiya bilan tinchlik muzokaralari boshlanishidan oldin Ukrainaga qurol-yarog‘ savdosini to‘xtatishni o‘z ichiga oladi. WSJ taʼkidlashicha, Tramp doiralari oʻrtasida strategiya boʻyicha konsensus yoʻq va yakuniy qarorni Trampning oʻzi AQSh xavfsizlik manfaatlarini hisobga olgan holda qabul qiladi.
Sharhlar