Tramp: Ukrainaning Rossiyaga qarshi zarbalar haqidagi ritorikasi yadro urushiga olib kelishi mumkin
AQShning 45-prezidenti Donald Tramp FoxNews telekanaliga bergan intervyusida Ukrainadagi vaziyatning rivojlanishi, Kiyev bayonotlari va AQSh prezidenti Jo Baydenning qarorlari jahon urushiga olib kelishini aytdi. U mojaroning kuchayishida bo‘lajak prezidentlik saylovlaridagi raqibi Jo Baydenni aybladi.
“Bu qurolning, ayniqsa yadroviy qurolning kuchi tufayli mamlakatimiz tarixidagi eng xavfli davr”, – degan Donald Tramp, “bizda yetakchimiz tufayli uchinchi jahon urushi bo‘lishi ehtimoli bor”, deya qo’shimcha qilgan u.
Janob Trampning so‘zlariga ko‘ra, uchinchi jahon urushi bo‘lishi mumkin, chunki Vladimir Putin “yadroviy zarbalar haqida gapirmoqda”, Kiyev Rossiya hududida qurol qo‘llash haqida gapira boshladi, Jo Bayden esa “nima deyishni bilmaydi”.
“Men Ukrainadagi vaziyatni hal qilaman va uni tezda barham topishiga ishonaman”, degan Donald Tramp. Unga ko‘ra, agar u Oq uyda qolganida Ukrainadagi mojaro, Isroilning XAMAS bilan urushi va “ko‘p boshqa narsalar” sodir bo‘lmasdi.
30-may kuni Washington Post gazetasi Joy Bayden Rossiya armiyasining Xarkov yo‘nalishidagi hujumi tufayli Ukrainaning Rossiyaga zarba berish uchun Amerika qurollaridan foydalanishga qo‘yilgan taqiqni yashirincha bekor qilgani haqida xabar berdi. Keyinroq Pentagon bu maʼlumotni tasdiqlab, quroldan faqat Xarkov viloyatida akkumulyatorga qarshi urushda foydalanish mumkinligini taʼkidlagan.
Sharhlar